Qurilish va Uy-joy Kommunal Xo'jaligi Vazirligida Ochiq Muloqot
Joriy yil 30-avgust kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq qo'mitasi, Savdo-sanoat palatasi raisi hamda Biznes ombudsman ishtirok etdi.
Tadbir davomida O'zbekiston Quruvchilar Assotsiatsiyasi va qurilish sohasi tadbirkorlari tomonidan qurilish sohasida hufyona iqtisodiyot ulushini qisqartirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mavjud tizimli muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularning oldini olish hamda samarali yechimlar ishlab chiqish borasida taklif va mulohazalar bildirildi.
Ro'yxatdan o'tish Qurilish va Uy-joy Kommunal Xo'jaligi Vazirligida Ochiq Muloqot
Ushbu tadbirda o'rningizni band qilish uchun quyidagi shaklni to'ldiring.
Ro'yxatdan o'tish muvaffaqiyatli!
Ro'yxatdan o'tganingiz uchun rahmat Qurilish va Uy-joy Kommunal Xo'jaligi Vazirligida Ochiq Muloqot. Tez orada tasdiqlash emailini olasiz.