Prezident bilan ochiq muloqot
Kecha, 2025 yil 20 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan beshinchi ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston quruvchilar assotsiatsiyasi raisi Mansurjon Niyazmuhamedov, Assotsiatsiya ishtirokchilari va a'zolari vakillari – Murod Nazarov (Murad Buildings), Aydin Rahimbaev (BI Group) va Dilnoza G'ozieva (Perfect Design Arh) ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan yurtimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirishda salmoqli natijalarga erishayotgani, tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasini namoyon etib, aholi farovonligini ta'minlash yo'lida alohida jonbozlik ko'rsatayotgani, shuningdek, o'zining muhim ilmiy-amaliy ishlanmalari va innovatsion loyihalari bilan biznes sohasi rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgani uchun Assotsiatsiya a'zosi «Perfect Design Arh» MChJ ta'sischisi Dilnoza G'ozieva «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
Ro'yxatdan o'tish Prezident bilan ochiq muloqot
Ushbu tadbirda o'rningizni band qilish uchun quyidagi shaklni to'ldiring.
Ro'yxatdan o'tish muvaffaqiyatli!
Ro'yxatdan o'tganingiz uchun rahmat Prezident bilan ochiq muloqot. Tez orada tasdiqlash emailini olasiz.