O'zbekiston quruvchilar assotsiatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 11-dekabr kuni 311-raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lib, Assotsiatsiya Ustaviga ko'ra:

  • qurilish sohasida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarni ixtiyoriy asosda birlashtiruvchi notijorat tashkilot hisoblanadi; o'z faoliyatida daromad (foyda) olishni asosiy maqsad qilib qo'ymaydi va olingan daromadni a'zolari o'rtasida taqsimlamaydi; 
  • qurilish sanoatining kompleks rivojlanishi, sohada zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, innovatsion g'oyalarni ilgari surish, assotsiatsiya a'zolari bo'lgan yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy maqsadlar, ma'naviy va nomoddiy ehtiyojlarni qondirish hamda boshqa ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun mas'uldir.

Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari:

  • O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtirish bo'yicha tegishli choralarni ko'rish; 
  • Rivojlangan davlatlarning tajribasini o'rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va sohaga oid takliflar tayyorlash;
  • Mamlakat hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga yangi innovatsion g'oyalar, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish;
  • Chet el tajribasini o'rganish va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
  • Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar va mutaxassislar malakasini oshirish;
  • Davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, shuningdek xayriya faoliyatini amalga oshirish.

Assotsiatsiya a'zolarining huquq va majburiyatlari:

A'zolarning huquqlari:

  • Assotsiatsiyaning faoliyati haqida ma'lumot olish;
  • Assotsiatsiya boshqaruv va nazorat organlariga takliflar kiritish va ularni shakllantirishda ishtirok etish;
  • Assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan dastur va loyihalarda ishtirok etish;
  • Assotsiatsiya boshqaruv organlari xizmatlaridan foydalanish;
  • Assotsiatsiya ma'lumotlar bazasidan, ilmiy-uslubiy resurslardan foydalanish;
  • Boshqaruv organlariga nomzodlar ko'rsatish va saylash;
  • Assotsiatsiya faoliyatiga oid barcha masalalar bo'yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;
  • Assotsiatsiya xizmatlaridan teng asoslarda foydalanish;
  • Umumiy yig'ilishlarda teng miqdordagi ovozga ega bo'lish;
  • Assotsiatsiya faoliyati yuzasidan taklif va mulohazalar bildirish, ularni ko'rib chiqishda ishtirok etish;
  • Rejalar, dasturlar va ularning ijrosi haqida ma'lumot olish;
  • Umumiy yig'ilish qarorlarining bajarilishi bo'yicha boshqaruv organlaridan ma'lumot so'rash;
  • Umumiy yig'ilish kun tartibiga takliflar kiritish;
  • Assotsiatsiya boshqaruv organlariga o'z faoliyatiga doir har qanday masala bilan murojaat qilish;
  • Assotsiatsiyadan maslahat, ko'mak va boshqa yordam olish;
  • Assotsiatsiya tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish.

A'zolarning majburiyatlari:

  • Assotsiatsiya Ustavigi talablariga to'liq rioya qilish;
  • A'zolik badallarini o'z vaqtida va belgilangan tartibda to'lash;
  • Assotsiatsiya boshqaruv organlari qarorlarini bajarish;
  • Yuridik manzil va aloqa ma'lumotlaridagi o'zgarishlar haqida o'z vaqtida xabardor qilish.

A'zolik badallarining miqdori har yili Assotsiatsiyaning Umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadigan yillik smeta doirasida belgilanadi.

Qurilish sohasidagi tashkilotlar Assotsiatsiya a'zosi bo'lish uchun Assotsiatsiya Boshqaruvi raisi nomiga ariza bilan murojaat qiladi va Umumiy yig'ilish qarori bilan tasdiqlangandan so'ng Assotsiatsiya va tashkilot o'rtasida a'zolik shartnomasi imzolanadi